O‘zbekiston | 12:44 / 08.12.2022
5583
1 daqiqa o‘qiladi

Koreya O‘zbekistondan malakali mutaxassislar jalb etishni rejalashtiryapti

Foto: Dunyo

O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida mamlakat delegatsiyasi ushbu davlatda bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Safar doirasida Seul shahrida Koreya yirik ish beruvchilari, assotsiatsiyalari va Koreya inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRD Korea) vakillari ishtirokida bandlik va mehnat migratsiyasi munosabatlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan «O‘zbekiston – Koreya» mehnat forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Koreyada faoliyat ko‘rsatadigan 100 dan ziyod kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida Hyundai Heavy Machinary, Hyundai Samho Heavy Industries, Kichik va o‘rta biznes assotsiatsiyasi vakillari bilan O‘zbekistondan malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Koreyada ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Mavzuga oid