O‘zbekiston | 12:25 / 10.12.2022
7844
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston olmani asosan Qozog‘iston bozoriga sotyapti

O‘zbekiston qiymati 7,3 mln AQSh dollarlik olma eksport qilgan.

Foto: Kun.uz

2022 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 7,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 18,5 ming tonna olma eksport qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, olma eksporti 2021 yil mos davri bilan solishtirilganda 9,4 ming tonnaga oshgan.

2022 yil 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston birinchi o‘rinni egallab turibdi – 12,6 ming tonna olma.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Rossiya – 4,2 ming tonna;
  • Qirg‘iziston – 1,5 ming tonna;
  • Turkmaniston – 163 tonna.

2022 yil 10 oyida xorijga eng ko‘p olma eksport qilgan hududlar:

  • Farg‘ona viloyati – 5 ming tonna;
  • Xorazm viloyati – 4,5 ming tonna;
  • Toshkent viloyati – 1,8 ming tonna.

Mavzuga oid