Fan-texnika | 23:16 / 16.12.2022
54137
2 daqiqa o‘qiladi

Daimler birinchi mobil ofisni taqdim qildi 

U kelajakda xodimlarning tabiat qo‘ynida mehnat qilishini ta’minlashi mumkin. 

Foto: Daimler

Daimler kompaniyasining yuk avtomobillar ishlab chiqaruvchi Fuso filiali o‘z shassilaridan birida konseptual model yaratdi. 

G‘ildirak ustidagi ofis Nomad Pro deb nomlanadi va «tabiat qo‘ynida moslashuvchan tarzda va mobil ishlash imkonini beradi», deyiladi press-relizda. 

Covid-19 tufayli ish joyi madaniyatining o‘zgarishi butun dunyo bo‘ylab yanada moslashuvchan ish shakllariga o‘tishni taqozo qiladi. Moslashuvchan ish vaqti tobora ko‘proq odamlar uchun kundalik hayotning bir qismiga aylanmoqda. Biroq, bu o‘zgarishlar ish vaqti va shaxsiy hayotning birlashib ketishi tufayli psixikaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Tabiat qo‘ynida vaqt o‘tkazish, ochiq havoda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish ruhiy salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatishi sababli, tegishli transport vositalarini ham ishlab chiqarish davr talabiga aylanmoqda, deb hisoblaydi Fuso. Shuning uchun Nomad Pro xodimlarga tabiat bilan bevosita aloqada ishlash imkonini beradi va zamonaviy, individual ish talab qiladigan modellar uchun ko‘plab yangi imkoniyatlarni ochib beradi. 

Mobil ofisning asosiy xususiyati — ochilib-yopiladigan kuzovga egaligi. Salonda tabiiy materiallar va yapon dizayni elementlari, masalan, bambuk pollar, tabiiy yog‘och yuzalar va tatami uslubidagi o‘rindiqlar ustunlik qiladi. Qulay ish joyini ta’minlovchi stol va skameykalar ham mavjud. Shuningdek, yig‘ma divan, oshxona va dush bilan jihozlangan. 

Mavzuga oid