Jahon | 13:21 / 17.12.2022
10121
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda suv ta’minoti va metro ishi tiklandi

Kiyev meri Vitaliy Klichko Kiyev metrosi ishi va suv ta’minoti tiklangani haqida ma’lum qildi. 

Foto: Reuters

«Bugun ertalab soat 7:30 da Kiyev metrosi o‘z ishini tikladi. Poytaxtning barcha aholisiga suv ta’minoti ham qaytarildi», — deb yozdi u Telegram-kanalidagi postlarida. 

Rossiya qo‘shinlari bir kun avval Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasiga yirik raketa hujumi uyushtirdi. 

Hammasi bo‘lib, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, 98 ta raketa uchirilgan, ularning aksariyati urib tushirilgan.

Bundan oldin «Ukrenergo» energetika tizimidagi favqulodda vaziyat rejimini bekor qilgandi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi. 

Rejim Rossiyaning raketa hujumlari natijasida Yagona energiya tizimi iste’molining 50 foizdan ortig‘i yo‘qolganidan keyin bugun joriy qilingan.

Avvalroq Rossiyaning yangi o‘qqa tutishi munosabati bilan Ukraina ko‘plab hududlarida favqulodda elektr ta’minoti uzilishlariga o‘tishga to‘g‘ri kelgandi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.

5 dekabr oqshomidagi eng ko‘p uzilishlar Vinnitsa, Dnipropetrovsk, Jitomir, Kiyev, Odessa, Xmelnitskiy va Cherkassk viloyatlarida qayd etilgan. 

Bu chora energetika tizimini barqarorlashtirish uchun zarur, deya tushuntirdi Ukraina davlati rahbari.

Mavzuga oid