Jamiyat | 16:02 / 27.12.2022
20699
2 daqiqa o‘qiladi

Huquqni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi ijodkorlar taqdirlandi

Adliya vazirligi tomonidan 2022 yilda OAVda chiqarilgan eng yaxshi huquqiy mavzudagi materiallar mualliflarining nomi e’lon qilinib, taqdirlandi. Ular orasida Kun.uz muxbiri Jamshid Niyozov ham bor.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Huquqni va qonun ustuvorligini targ‘ib qiluvchi eng yaxshi jurnalistik material va blogpostlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olingach, 2 ta: huquqni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi jurnalistik material hamda blogpost nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblarning nomi e’lon qilindi.

“Huquqni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi jurnalistik material” nominatsiyasida:

1-o‘rin – Shuhrat Latipov (Gazeta.uz muxbiri)

2-o‘rin – Jamshid Niyozov (Kun.uz muxbiri)

3-o‘rin – Nurxon Elmirzayeva (“XXI ASR” gazetasi bo‘lim mudiri)

“Huquqni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi blogpost” nominatsiyasida:

1-o‘rin – Saidali Muxtoraliyev (Yuristkadr Telegram-kanali asoschisi)

2-o‘rin – Otabek Bakirov (Bakiroo Telegram-kanali asoschisi)

3-o‘rin – Sherzod Egamberdiyev (yurist bloger)

27 dekabr kuni g‘oliblar vazirlik tomonidan esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid