Starlink endi smartfonda: SpaceX sun’iy yo‘ldoshlarning ikkinchi avlodini koinotga uchirdi
Endi maxsus jihozlar xarid qilmasdan turib samoviy internetga bevosita smartfon orqali ulanish mumkin bo‘ladi.
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi 28 dekabr kuni Starlink internet tizimi sun’iy yo‘ldoshlari ikkinchi avlodining birinchi partiyasini koinotga uchirdi. Endi maxsus jihozlar xarid qilmasdan turib ularga bevosita smartfon orqali ulanish mumkin bo‘ladi.
Kompaniya veb-saytida ta’kidlanganidek, ushbu sun’iy yo‘ldoshlar 3300 ta birinchi avlod sun’iy yo‘ldoshlariga qaraganda ancha kuchli. Ularga 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan oddiy smartfonlar va Tesla elektromobillari orqali ulanish mumkin bo‘ladi.
Starlink tarmog‘ining asosiy maqsadi - uyali aloqa tarmog‘i yetib bormagan joylardagi foydalanuvchilarni aloqa va internet bilan ta’minlash. Birinchi bosqichda Qo‘shma Shtatlar, Havayi, Alyaskaning bir qismi va Puerto-Riko qamrab olinadi.
Starlink internet-tizim majmualari har qanday sharoitda va eng chekka hududlarda yuqori sifatli internetdan foydalanish imkoniyatini beradi.
Mavzuga oid
14:30 / 23.09.2024
SpaceX 2026 yilgacha Marsga beshta kema uchirmoqchi
23:52 / 19.09.2024
AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
21:56 / 19.09.2024
Ramzon Qodirov Cybertruck elektromobili Ilon Mask tomonidan «o‘chirib qo‘yilganini» aytdi
20:28 / 18.09.2024