O‘zbekiston | 12:42 / 29.12.2022
9353
2 daqiqa o‘qiladi

Hokimlarni lavozimidan muddatidan oldin ozod etishning aniq asoslari belgilanyapti

“Mahalliy ijroiya hokimiyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Hokimlarni lavozimidan muddatidan oldin ozod etishning aniq asoslari belgilanmoqda:

  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tarkibi yangilanganda;
  • xalq deputatlari Kengashlari tomonidan bildirilgan ishonchsizlik votumi tasdiqlanganda;
  • hokimlar faoliyatining samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha muntazam (2 yil davomida) salbiy ko‘rsatkich qayd etilganda;
  • odob-axloq qoidalari muntazam ravishda, ya’ni 1 yilda 2 martadan ortiq buzilganda;
  • mahalliy ijroiya hokimiyati faoliyatining ochiqligiga qo‘yilgan talablar buzilganda.

Mahalliy ijroiya hokimiyati faoliyatining ochiqligiga oid talablar belgilanmoqda, xususan kamida 9 turdagi ma’lumotlar hokimliklar rasmiy veb-saytlarida doimiy joylashtirib borilishi taklif etilmoqda, masalan:

  • qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini berish bo‘yicha ochiq tanlov g‘oliblari bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar;
  • mahalliy budjetlarning rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablag‘lar yo‘naltirilgan maqsadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • o‘tkaziladigan barcha ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • hokim va uning o‘rinbosarlari yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi);
  • hokim va uning o‘rinbosarlarining har oylik mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar;
  • hokimliklarning ommaviy tadbirlari ochiq holda o‘tkazilishi va unda ommaviy axborot vositalari vakillari to‘siqlarsiz ishtirok etish huquqi, ushbu tadbirlarda audio, video va boshqa ovoz yozish vositalaridan foydalanishga haqli ekanligi belgilanmoqda;

Mavzuga oid