Iqtisodiyot | 07:51 / 30.12.2022
33955
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning iqtisodiy holati raqamlarda e’lon qilindi

2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy holati raqamlarda e’lon qilindi.

Foto: AP

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi 105,4 foizni tashkil etdi.

Bundan tashqari, ko‘rsatilgan davrda qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati – 105,7 foiz, chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati – 111,9 foizga teng bo‘ldi.

Shuningdek, bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati – 116 foiz, tashqi savdo aylanmasi  o‘sish sur’ati – 118 foiz, eksportning  o‘sish sur’ati – 112 foiz, importning o‘sish sur’ati – 122,1 foizni tashkil qildi.

O‘z navbatida, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 588 823 ta, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari soni – 520 199 ta.

Mavzuga oid