O‘zbekiston | 12:27 / 30.12.2022
10969
1 daqiqa o‘qiladi

Yil boshidan beri eng ko‘p ishlab chiqarilgan mashina nomi aytildi

11 oyda eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni bo‘yicha Cobalt birinchi o‘rinni egalladi  -  90 239 dona.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 80 478 dona hamda 65 456 dona hajmda ishlab chiqarilgan Lacetti-Gentra va Damas joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan avtomobillar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Nexia T-250 - 20 853 dona;
  • Spark - 13 312 dona;
  • Tracker - 4 916 dona;
  • Volkswagen Caddy - 423 dona;
  • maxsus yengil avtomobillar - 18 616 dona.

Mavzuga oid