ISW: Rossiya yuqori aniqlikdagi raketalar o‘rniga dronlardan tobora ko‘proq foydalanyapti
Rossiya Ukrainadagi nishonlarga hujum qilish uchun jangovar dronlardan faolroq foydalanishni boshladi, bu haqda Urushni o‘rganish instituti (ISW) kunlik xulosasida aytilgan.
Tahlilchilar hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘nggi ikki kun ichida Rossiya Qurolli kuchlari 39 ta, 18-19 dekabrga o‘tar kechasi 30 ta Shahed-131 va Shahed-136, 14 dekabrda esa 13 ta drondan foydalangan.
ISW'ning 10 dekabrdagi bahosiga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanilgan holda amalga oshirilgan hujumlar sonining ko‘payishi Rossiyada Eronda ishlab chiqarilgan dronlar uch haftalik (17 noyabrdan 7 dekabrgacha) vaqtdan keyin ko‘proq to‘planib qolganligini ko‘rsatishi mumkin.
Rossiya Erondan dronlarning yangi partiyasini olgan yoki olishni rejalashtirayotgan bo‘lishi ham ehtimoldan yiroq emasligi aytiladi.
Ayni paytda, Rossiyaning Ukrainaning muhim infratuzilmasiga hujum qilish uchun dronlardan faol foydalanishi ham Rossiyada aniq boshqariladigan raketalar zaxirasi tugaganidan dalolat berishi mumkin, deyiladi institut bayonotida.
Mavzuga oid
23:12 / 08.10.2024
Rossiya kompaniyalari migrantlar yetishmovchiligidan ommaviy shikoyat qilmoqda
23:00 / 08.10.2024
Putin o‘zbekistonlik diplomat Ilhom Ne’matovni orden bilan taqdirladi
21:55 / 08.10.2024
Ukraina bo‘yicha ikkinchi tinchlik sammiti noyabr oyida o‘tkazilmaydi
21:49 / 08.10.2024