12 ming ukrainalik askar G‘arbda tayyorgarlikdan o‘tdi
AQSh aprel oyidan beri 3100 nafar ukrainalik askarni tayyorladi, deb xabar berdi Pentagon matbuot kotibi, Harbiy-havo kuchlari brigadasi generali Patrik Rayder.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbda jami 12 ming kishi tayyorgarlikdan o‘tgan.
Bundan oldin Yevropa Ittifoqi Ukraina armiyasi uchun EUMAM Yevropa Ittifoqining maxsus o‘quv missiyasi boshlanganini e’lon qilgandi. Bu qaror YeIga a’zo davlatlar tomonidan rekord vaqt ichida qabul qilindi.
Kamida 15 000 nafar ukrainalik harbiyni asosiy tayyorgarlikdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan missiya Polshada o‘z ishini boshlaydi, dedi Borrel. Uning ta’kidlashicha, ko‘plab Yevropa Ittifoqi davlatlari unda ishtirok etish niyatida. Ular orasida, masalan, Ruminiya, Irlandiya, Slovakiya bor, bu haqda ushbu mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari Bryusseldagi uchrashuv arafasida ma’lum qildi.
«Missiyaning maqsadi xalqaro tan olingan chegaralar doirasida o‘z hududiy yaxlitligini himoya qilish, suverenitetini samarali amalga oshirish va harbiy harakatlarni samarali o‘tkazish uchun Ukraina Qurolli kuchlari jangovar qobiliyatini oshirishga hissa qo‘shishdir», — deyiladi Yevropa Ittifoqi kengashi bayonotida.
Missiya Ukraina Qurolli kuchlari va hududiy mudofaa kuchlarining «individual, jamoaviy va ixtisoslashtirilgan» tayyorgarligi, shuningdek, missiyani qo‘llab-quvvatlovchi «a’zo davlatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va sinxronlashtirish» bilan shug‘ullanadi, deb xabar berdi Yevropa Ittifoqi kengashi.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
16:30 / 21.09.2024
Ukrainada 300 dan ortiq aholi punkti nomi o‘zgartiriladi
12:10 / 21.09.2024