Termizda bozor ko‘chirilishidan norozi bo‘lgan fuqarolar janjal ko‘tardi
Hokimiyat vakillariga qarshilik ko‘rsatgan va jamoat tartibini buzgan 13 nafar fuqaroga ma’muriy jazolar tayinlangan.
Termiz shahrida bir guruh fuqarolar bozor ko‘chirilishidan norozi bo‘lib mutasaddi tashkilot vakillariga qarshilik ko‘rsatgan. Bu haqda IIV matbuot kotibi xabar bermoqda.
Hodisa 2023 yil 4 yanvar kuni Termiz shahar «Yubileynyy» nomi bilan ataluvchi eski bozor hududida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, shahar hokimining qarori bilan bozorda noqonuniy savdo qilib turgan shaxslarni «Yashil dunyo» savdo markaziga ko‘chirish ishlari amalga oshirilayotganda ular hokimiyat vakillariga qarshilik ko‘rsatishgan va jamoat tartibini buzishgan.
Shundan so‘ng bozor hududiga jamoat tartibini tiklash uchun jalb qilingan IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan 14 nafar huquqbuzar IIBga olib kelingan va ular bilan tushuntirish-profilaktik ishlari olib borilgan.
Huquqbuzarlik holati yuzasidan to‘plangan hujjatlar asosida Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi tomonidan olti nafar fuqaroga BHMning 3 baravari, uch nafar fuqaroga BHMning 5 baravari miqdorida jarima belgilangan. To‘rt nafar fuqaroga 5 sutka ma’muriy qamoq jazolari tayinlandi.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida ham bozor ko‘chirilishi eski bozorda savdo qilib turgan fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘lgan va oqibatda ular tuman hokimining o‘rinbosarini do‘pposlashgandi.
Mavzuga oid
17:13 / 01.11.2024
Prezident bozorlarda narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni buyurdi
19:30 / 14.10.2024
«Tolibon» O‘zbekistondan «Termiz» chegara bozorida musiqa qo‘ymaslikni so‘radi – OAV
08:00 / 07.10.2024
Toshkentdagi Ibn Sino bozori binosi sotuvga qo‘yildi
15:04 / 29.08.2024