Jamiyat | 22:31 / 10.01.2023
14413
1 daqiqa o‘qiladi
Samarqand oppoq qorga burkandi (foto + video)
10 yanvardan butun O‘zbekistonda anomal sovuq va qorli ob-havo hukm sura boshladi. Xususan, Samarqand shahrida ham.
10 yanvarga o‘tar kechasi yog‘a boshlagan qor tongga borib Samarqand shahrini oppoq rangga burkadi. Tushgacha havo harorati + bo‘lib turgani bois yo‘llardagi qorlar eriy boshladi. Kechga borib esa havo harorati pasayib – 5 darajagacha yetdi.
Shaharda jamoat transporti harakati davom etmoqda. Kommunal masalada ham hozircha muammo ko‘zga tashlangani yo‘q. 10 yanvar ertalabdan shahardagi piyodalar yo‘lakchalari obodonlashtirish xodimlari tomonidan tozalab chiqildi. Kun.uz muxbiri shahar ko‘chalaridan reportaj tayyorladi.
O‘tkir Jalolxonov tayyorladi.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024
Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
22:29 / 12.09.2024