Jahon | 14:29 / 12.01.2023
13553
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda tug‘ilgan 6 nafar egizaklarning barchasi vafot etdi

Foto: oyina.uz

Kecha, 11 yanvar kuni Tojikistonda birdaniga 6 nafar egizak dunyoga kelgani haqida xabar berilgan edi.

“Asia-Plus” manbasiga ko‘ra, bugun egizaklarning barchasi vafot etdi.

Xo‘jand tug‘uruqxonasi bosh shifokori Nuri Dadaboyeva yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning barchasi vafot etganini tasdiqlagan.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, o‘limning asosiy sababi erta tug‘uruq va kam vazn bo‘lgan. Chaqaloqlarning vazni 600-700 grammni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, egizaklarning 4 nafari qiz va 2 nafari o‘g‘il edi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, tug‘ilgan vaqtda ularning sog‘lig‘i normal holatda bo‘lgan.

Mavzuga oid