O‘zbekiston | 11:18 / 14.01.2023
23395
3 daqiqa o‘qiladi

Izg‘irinda Toshkent hayvonot bog‘idagi hayvonlar qanday saqlanmoqda? (fotoreportaj)

Toshkent hayvonot bog‘ida 360 turdagi 10 mingdan ortiq jonivor mavjud. Havo harorati keskin tushib ketgani ortidan ushbu hayvonlarning bir qismi issiq joyga o‘tkazilgan bo‘lsa, sovuq havoga chidamli jonivorlar ochiq osmon ostida saqlanmoqda.

Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati ayozli kunlarda jonivorlar uchun qanday sharoit yaratilgani haqida ma’lumot berdi.

Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official
Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official
Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official
Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official

 “Odamlar issiq kiyim va isitish moslamalari bilan qurollangan holda ularga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, bizning jonivorlarimiz volerlar orasida xotirjam yurishibdi, chunki biz ularning issiqligi uchun hamma narsani o‘ylab qo‘yganmiz”, deyiladi Toshkent hayvonot bog‘ining rasmiy Telegram-kanalida.

Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official
Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official
Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official
Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official

Qayd etilishicha, baliq va boshqa suvda saqlanadigan jonzotlarning izg‘irinda nobud bo‘lishi oldi olingan.

“Akvarium” bo‘limida ham barchasi eng kichik detallargacha o‘ylangan. Sovuq havoda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan elektr uzilishlari vaqtida generatorlar ishga tushadi. Bularning barchasi ularni doimiy 24/7 rejimida kislorod bilan ta’minlash uchun amalga oshiriladi.

Qolaversa, jonivorlarimiz saqlanadigan xonadagi umumiy harorat markaziy isitish tizimi orqali ta’minlanadi, kecha-yu kunduz videokuzatuv va xodimlarning navbatchiligi aholining o‘zini qanday his qilayotganidan doimo xabardor bo‘lish imkonini beradi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Sovuqqa bardoshli hayvonlar esa ochiq osmon ostida saqlanmoqda. Jumladan, “Terrarium”, “Yirtqichlar” va “Primatlar” bo‘limlarida yerosti isitish tizimi mavjud. Shuningdek, hayvonlarning toza havoda yurishi, yog‘ingarchilik bo‘lsa, yopiq xonada sayr qilishlari uchun korpusning tashqi va ichki qismlari orasidagi kirish joyi doimo ochiq. Ba’zi jonivorlar volerlariga somondan tayyorlangan tabiiy isituvchi sholchalar qo‘yilgan.

Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official
Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official
Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official
Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official
Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official
Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official
Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official
Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official
Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official
Foto: Telegram / Tashkent Zoo Official

Eslatib o‘tamiz, daraxtlar shoxlaridagi qor og‘irligini ko‘tara olmay sina boshlagani sababli mehmonlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent hayvonot bog‘i vaqtincha yopilgan.

Mavzuga oid