Putin 500 ming kishini safarbar qilishga tayyorlanmoqda - The Times
Qaror bir necha hafta ichida qabul qilinishi mumkin.
Vladimir Putin yangi safarbarlik to‘lqinini e’lon qilishga tayyorlanmoqda, jarayon davomida 500 minggacha odam frontga yuborilishi mumkin. Bu haqda G‘arb razvedkasi ma’lumotlariga tayanib The Times xabar berdi.
Nashrning yozishicha, qaror bir necha hafta ichida qabul qilinadi va aprelga qadar yarim milliongacha odam «yangi keng ko‘lamli hujumni boshlash uchun» frontga jo‘natiladi. Ta’kidlanishicha, bu vaqtga borib ob-havo yaxshilanadi.
«Rossiya harbiy ro‘yxatga olish va jo‘natish idoralarida jiddiy tayyorgarlik ketmoqda, Kreml yopiq so‘rov o‘tkazgan. Rossiya fuqarolari urushdan xavotirda, biroq ular ham mag‘lubiyatga rozi bo‘lmoqchi emas», deb o‘z ismini oshkor etmagan amaldor so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr.
So‘nggi oylarda safarbarlikning yangi to‘lqini haqidagi ma’lumotlar tobora ko‘proq manbalarda paydo bo‘lmoqda. U Rossiya rasmiylari tomonidan muntazam rad qilinyapti.
Mavzuga oid
22:37 / 07.10.2024
Slovakiya bosh vaziri Bryusselga «raketa zarbasi berishga» chaqirdi
13:00 / 07.10.2024
Rossiya o‘z elchisi Antonovni AQShdan chaqirib oldi
12:20 / 07.10.2024
Rossiya bir sutka ichida Ukrainani 5000 marta o‘qqa tutdi
12:00 / 07.10.2024