O‘zbekiston | 10:41 / 19.01.2023
7123
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh O‘zbekistonga islohotlar dasturida yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Siddiqov AQSh elchisi Jonatan Devid Xenikni qabul qildi.

Foto: Dunyo

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan sohalarda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Amerika strategik sherikligining ayrim masalalari muhokama qilindi.

Iqtisodiy diplomatiyani, shu jumladan, B2G shaklida jadallashtirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Turli darajadagi rejalashtirilgan tadbirlar va tashriflar jadvali, ularning tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Elchi Amerika tomonining O‘zbekistonga islohotlar dasturini amalga oshirishda, shu jumladan, USAID doirasida yordam berishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Mavzuga oid