Jahon | 11:36 / 25.01.2023
6311
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh sobiq vitse-prezidentining uyidan maxfiy hujjatlar topildi

AQSh sobiq vitse-prezidenti Pensning uyidan topilgan hujjatlar amerikalik siyosatchilarning uylarida maxfiy hujjatlar topilishi bilan bir qator janjallarni davom ettirdi. Avvalroq, hujjatlar Jo Bayden, shuningdek, Donald Trampdan topilgan edi.

Foto: M. Dowell/Lake Buena Vista Sentinel /AP/picture alliance

AQSh sobiq vitse-prezidenti Mayk Pensning Indiana shtatidagi uyidan maxfiy hujjatlar topildi. Ular o‘tgan hafta siyosatchining advokati Mett Morgan tomonidan topilgan, Pens «haddan tashqari ehtiyotkorlik» tufayli uyni tintuv qilishni so‘ragan. 24 yanvar, seshanba kuni Pens topilma haqida Milliy arxivga, shuningdek, AQSh Kongressi Vakillar palatasining Nazorat qo‘mitasiga ma’lum qildi.

Federal qidiruv byurosi va Adliya vazirligining Milliy xavfsizlik bo‘limi hujjatlarni va ular siyosatchining Indianadagi uyiga qanday tushib qolganini tekshirishni boshladi. Shu bilan birga, OAVning qayd etishicha, Pens avvalroq uning ixtiyorida hech qanday maxfiy hujjat yo‘qligini bir necha bor ta’kidlagan.

Bu topilma amerikalik siyosatchilarning uyida maxfiy hujjatlar topilishi bilan bog‘liq bir qator janjallarni davom ettirdi. Ilgari AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning sobiq ofisida, shuningdek, Uilmingtondagi uyida maxsus belgilar bo‘lgan qog‘ozlar topilgan edi.

2022 yilda Oq uydan olib chiqib ketilgan maxfiy materiallarning saqlanishi AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning mulkida tintuv o‘tkazishga sabab bo‘ldi va unga jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qilmoqda. Pens 2017-2021 yillarda Tramp ma’muriyatida AQSh vitse-prezidenti bo‘lgan.

Mavzuga oid