Iqtisodiyot | 12:10 / 26.01.2023
12939
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank asosiy stavkani 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvining 26 yanvardagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.  

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

2022 yilning 21 iyul kuni Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz punktga, yillik 15 foiz darajasiga tushirishga qaror qilgandi. Regulyator 27 oktyabrdagi va 15 dekabrdagi boshqaruv yig‘ilishida ham asosiy stavkani o‘zgartirishsiz qoldirdi.

2021 yilning yanvar, mart, aprel, iyun, sentabr, oktyabr va dekabr oylarida Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz – yillik 14 foizda saqlab qolgan.

2022 yilning 20 yanvarida Markaziy bank ham asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. 17 mart kuni O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 17 foizga oshirdi. Bundan tashqari, 21 aprelda asosiy stavkani yillik 17 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qilindi.

Bundan tashqari, 2022 yilning 9 iyunida Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz punktga, yillik 16 foiz darajagacha pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

2018 yil boshida asosiy stavka 14 foiz darajasida bo‘lgan bo‘lsa, 2019 yilda u 16 foizgacha ko‘tarildi. 2020 yil aprel oyida stavka 15 foizga tushdi. Pandemiya va og‘ir iqtisodiy vaziyatda ham kurs o‘zgarmadi. 2020 yil oxirida stavka 14 foizga tushirildi.

Mavzuga oid