O‘zbekiston | 13:38 / 31.01.2023
15066
1 daqiqa o‘qiladi
Tog‘-kon va geologiya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
O‘zbekiston Tog‘-kon va geologiya vazirligi tuzilmasida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Prezident qarori bilan Omonullo Nasriddinxo‘jayev Tog‘-kon va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Shuningdek:
- A’zam Qodirxo‘jayev Tog‘-kon va geologiya vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Aziz Qobilov Tog‘-kon va geologiya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi (avval — Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi edi).
Shamsiddin Alimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Bundan oldin Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi negizida Tog‘-kon va geologiya vazirligi tashkil etilgandi. Yangi vazirlikka qo‘mitaning sobiq rahbari Bobur Islomov rahbarlik qilyapti.
Mavzuga oid
21:18 / 08.09.2024
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining mintaqaviy vitse-prezidenti bo‘ldi
19:01 / 03.09.2024
Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
15:52 / 27.08.2024
To‘raqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi
12:30 / 18.08.2024