Jahon | 09:01 / 06.02.2023
8564
2 daqiqa o‘qiladi

Alp tog‘laridagi qor ko‘chkilari 10 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

So‘nggi bir necha kun ichida Alp tog‘larida bir metrdan ortiq yangi qor yog‘di. Avstriyaning Tirolida va bir qator qo‘shni mamlakatlarda Yevropa miqyosida qor ko‘chkisi haqida ogohlantirishning besh darajasidan ikkinchisi joriy etildi.

Foto: ZOOM.TIROL/AFP

Avstriya, Shveytsariya va Italiyada qor ko‘chkisi qurbonlari soni o‘n nafarga yetdi. Bu haqda 5 fevral, yakshanba kuni ARD davlat yuridik kompaniyasining Tagesschau dasturi ma’lum qildi.

Tog‘-qutqaruv xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, faqat Avstriyada 3 fevraldan beri 8 kishi halok bo‘lgan. Ulardan yetti nafari tog‘ chang‘isi bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari, Sharqiy Tirolda ko‘chki yo‘ldan chiqarib tashlagan qor tozalash mashinasi haydovchisi o‘lik holda topilgan. O‘lgan sayyohlarning barchasi xavfsiz yo‘ldan tashqarida edi. Ular orasida: 32 yoshli xitoylik chang‘ichi, 17 yoshli yangi zelandiyalik va 55 yoshli nemis ham bor, ularning qidiruvi 3 fevral oqshomidan boshlab davom etgan. Shveytsariyada bir erkak va bir ayol vafot etdi.

So‘nggi bir necha kun ichida Alp tog‘larida bir metrdan ortiq yangi qor yog‘di. Birgina Tirolda o‘nlab qor ko‘chkilari qayd etilgan. Uning hududida, shuningdek, bir qator qo‘shni Alp tog‘lari mamlakatlarida Yevropa miqyosidagi beshta qor ko‘chkisi xavfidan ikkinchi darajali ogohlantirish darajasi joriy qilingan. Bu qo‘riqlanadigan hududdan tashqaridagi qiyaliklar o‘rtacha tik releflar bilan cheklanishi kerakligini anglatadi. Tajribasiz chang‘ichilar ochiq yonbag‘irlar va yo‘llardan yurishi kerak.

Mavzuga oid