Jahon | 16:42 / 06.02.2023
22616
5 daqiqa o‘qiladi

Xarkivda universitet va ko‘p qavatli uy o‘qqa tutildi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 347-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • WSJ Rossiya va Eron Tataristonda Eronning Shahed-136 kamikadze dronlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.
  • «Rusi sidyashchey» tashkiloti rahbari Olga Romanova «mudofaa vazirligidan bo‘lgan» kishilar Kuzbassdagi koloniyadan 50 nafar mahbusni olib ketishgani — va «bu kabi holatlar haqida hammayoqdan xabar kelayotgani» haqida ma’lum qildi.
  • Ukraina nashrlari, shuningdek Rada deputatlari Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov yaqin kunlar ichida iste’foga chiqishi haqida xabar berdi.
  • Odessada aholining 40 foizi nimstansiyadagi avariya tufayli toksiz qoldi. Odessadagi o‘quv muassasalarida 6 va 7 fevral kunlari dam olish kuni deb e’lon qilindi.
  • 5 fevral kuni tongda Xarkiv o‘qqa tutildi. Ukraina hukumati raketalardan biri turar joy binosiga, boshqasi — universitet binosiga kelib tushgani, besh kishi jabrlanganini xabar qilgan.
  • Isroilning sobiq bosh vaziri Naftali Benet urush boshidagi muzokaralar chog‘ida Vladimir Putin unga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergani haqida gapirdi.

Xarkiv o‘qqa tutilishi oqibatlari

5 fevral tongida  Xarkiv markaziga raketalar uchib keldi. «Suspilne» telekanali xabar berishicha, rossiyaliklar zarbasi oqibatida besh kishi yaralangan. Shahar meri Igor Terexovning ma’lumotiga ko‘ra, shaharning Kiyev rayoniga S-300 tizimining ikki raketasi yo‘llangan. Ulardan biri Shahar xo‘jaligi milliy universiteti bosh korpusining yuqori qavatiga urilgan. Ikkinchi raketa unga yaqin joylashgan to‘rt qavatli uyga qulagan, jami besh kishi yaralangan. Shahar meri Xarkivning bu rayoniga harbiylar joylashtirilmaganini ma’lum qilgan.

Xarkivdagi Shahar xo‘jaligi milliy universiteti o‘qqa tutilishi oqibatlari
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan universitet oldidagi qutqaruvchilar
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA
5 fevral tongida ikkinchi raketa kelib tushgan turar joy binosi hududidagi qutqaruvchilar. Snaryad bino poydevoriga tushgan, ammo shahar meri uy qulashi ehtimoli yo‘qligini bildirgan
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar va mahalliy aholi vakillari turar joyga hujum vaqtida yaralangan ayolni olib ketishmoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkivlik yarador kishi raketa kelib tushgan uyi oldida
Reuters / Scanpix / LETA
Raketa zarbasidan shikastlangan turar joy binosi hududida ishlayotgan qutqaruvchilar
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA

Xerson o‘qqa tutilishi oqibatlari

Xersonda 5 fevral tongida ikki qavatli litsey binosiga zarba kelib tushgan. Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati xabar berishicha, litseyning birinchi qavati yonib ketdi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Ukrainalik o‘t o‘chiruvchi Xersonda 5 fevral tongida zarbaga uchragan litsey binosi oldida
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar snaryadi parchasi kelib tushgan kvartira devorida hosil bo‘lgan yoriq
Libkos / Scanpix / LETA

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Anneksiya qilingan Donetsk shahrining Rossiya tomonidan tayinlangan meri Aleksey Kulemzin shaharning Petrovskiy rayoni o‘qqa tutilganini xabar qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rayon hududiga 35 daqiqa ichida 155 millimetr kalibrli 24 ta snaryad kelib tushgan — Tixiy mikrorayonidagi Staxanova ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan biri shikastlangan, bu yerda bir ayol halok bo‘lgan.

Donetskda zarbaga uchragan turar joy binosi
Nikolay Trishin / TASS
Donetsk o‘qqa tutilishi vaqtida halok bo‘lgan tinch aholi vakili jasadi
Nikolay Trishin / TASS

Oldingi chiziqdagi ukrain artilleriyachilari 

Ukraina armiyasi jangchilari Baxmut yaqinida nemislarning Panzerhaubitze 2000 gaubitsasidan o‘t ochmoqda
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Panzerhaubitze 2000 gaubitsasi oldida turgan ukrainalik askar. Bo‘linmada uni Tina deb atashadi
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi hayot 

«Uragan» raketasi parchalari atrofidagi it va tovuqlar, bu raketadan Rossiya armiyasi foydalanadi
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmutda yashovchi aholi vakillari gumanitar yordam olmoqda
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmutlik kishi shahardan sigiri bilan birga evakuatsiya bo‘lmoqda
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid