Jahon | 23:38 / 10.02.2023
15839
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Isfahondagi harbiy obektga hujum tashkilotchilari qo‘lga olinganini e’lon qildi 

Hukumatga ko‘ra, Isroil tomonidan yollangan bir guruh jangarilar diversiyani uyushtirgan. 

Foto: Reuters

Eron hukumati yanvar oyida Isfahon shahridagi harbiy obektga dron tomonidan uyushtirilgan hujumga aloqador bo‘lgan bir guruh shaxslarni hibsga oldi, deb xabar berdi Al Arabiya. 

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va Eron Axborot vazirligi bayonotiga ko‘ra, rasmiylar hujumda Isroil bilan aloqador yollanma jangarilar ishtirok etganini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Tehron bunga nisbatan javob choralarini ko‘rishga va’da bermoqda. 

Avvalroq Eron Mudofaa vazirligi 28 yanvar kuni kechqurun Isfahondagi harbiy sanoat obektida kichik dronlarning hujumi natijasida portlash sodir bo‘lganini ma’lum qilgandi. 

Keyinroq Isroilning Jerusalem Post gazetasi G‘arb razvedka hamjamiyati zarbalar miqyosi kattaroq bo‘ldi deb hisoblayotganini yozdi. Isroil rasmiylari hodisaga izoh bermadi. 

Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi Isroilni hujumga aloqadorlikda ayblagan edi. 

Mavzuga oid