Kreml Putinning parlamentga murojaati sanasini e’lon qildi
Putin 21 fevral kuni Federal Majlisga murojaat qiladi, o‘z nutqida «hozirgi vaziyatga» e’tibor qaratadi, keyinroq Rossiyaning tashqi siyosati konsepsiyasini ham tasdiqlaydi.
Vladimir Putin 21 fevral kuni Federal Majlis – Davlat Dumasi deputatlari va Federatsiya Kengashi senatorlariga murojaat yo‘llaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov so‘zlariga tayanib TASS xabar berdi.
«Murojaat Moskvadagi Gostiniy Dvorda bo‘lib o‘tadi. Putin o‘z nutqida asosiy e’tiborni hozirgi vaziyatga qaratadi», dedi Peskov.
U «hozirgi vaziyat» deganda Ukrainadagi urush, iqtisodiyot va ijtimoiy muammolar bilan bog‘liq mavzular nazarda tutilganini tasdiqladi.
«Bundan tashqari, yaqin kelajakda Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqlaydi. Prezidentning rossiyaliklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti ham bo‘lib o‘tadi, lekin uni o‘tkazish vaqti hali belgilanmadi», dedi prezident matbuot kotibi.
Putin murojaatining ertasiga Kreml «Lujniki»da miting-konsert o‘tkazmoqchi, unda Putin ham ishtirok etishi mumkin, deb xabar bergan edi RBK.
«Agar bunday tadbir Putinning jadvaliga kiritilgan bo‘lsa, Kreml ma’lum qiladi», dedi Peskov.
Rossiya Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident Federal Majlisga murojaat qilishga majbur. Ammo 2022 yilda Putin nutq so‘zlamadi. U oxirgi marta 2021 yil 21 aprelda parlament a’zolariga murojaat yo‘llagan. Federal Majlisga murojaat qilish tartibini, shu jumladan muddatini prezident mustaqil belgilaydi.
Mavzuga oid
12:57
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi
10:47
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
07:55
WP: Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
13:30 / 10.11.2024