“Kvars” zavodidagi davlat ulushi 265 mlrd so‘mga sotildi
Qurilish oynalari va shisha idishlar bozorida monopol mavqega ega “Kvars” AJ ustav kapitalidagi 89,8 foiz davlat ulushi 265 mlrd so‘mga sotildi. Xaridor – qariyb 90 foiz ulushiga Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan “Raybird limited”, “Rayblock limited” hamda “Rayeross limited” kompaniyalari egalik qiluvchi “Quvasoysement” AJ.
“Kvars” AJ ustav kapitalidagi 89,78 foiz davlat aksiyalar paketi 265 mlrd so‘mga “Quvasoysement” AJga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tenderda investorlardan “Kvars” AJni sotib olish bo‘yicha 3ta ariza kelib tushgan. Xususiylashtirish bo‘yicha konsultant – Deloitte, huquqiy ko‘makchi – Dentons.
“Davaktiv” xabarida qayd etilishicha, 2018-2021 yillarda 47,2 mln yevro miqdoridagi bank kreditlari hisobiga “Kvars” AJda investitsiya loyihasi amalga oshirilgan. Loyihani amalga oshirish doirasida jalb etilgan kredit mablag‘lari 2026 yil yakuniga qadar so‘ndirilishi belgilangan bo‘lib, xaridor ushbu aksiyalar paketini sotib olish kelishuvi shartlarida jamiyatni kredit majburiyatlari bilan qabul qilgan.
Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestriga ko‘ra, xaridor “Quvasoysement” AJning qariyb 90 foiz ulushiga Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan “Raybird limited”, “Rayblock limited” hamda “Rayeross limited” kompaniyalari egalik qiladi. Joriy ustav fondi – 606 mlrd so‘m. Rahbari sifatida Nikitin Denis Pavlovich ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
20:00 / 13.11.2024
«O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd so‘mga sotildi
19:11 / 04.10.2024
Tashkent city hududidagi banklar binolarini sotib olishga 4 investor qiziqish bildirdi – Davaktiv
19:55 / 12.09.2024
Chirchiq metall tuzilmalar zavodi 39,9 mlrd so‘mga sotildi
17:46 / 12.09.2024