Bektemirda xotinini o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi
17 fevral kuni JIB Bektemir sudida “qasddan odam o‘ldirish” jinoyatini sodir qilgan shaxsga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Xotinini qaynonasinikiga borib o‘ldirib kelgan erkak 10 yilga qamaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, poytaxtning Bektemir tumanida yashovchi shaxs xotini bilan o‘zaro kelisha olmay janjallashib qoladi. Natijada ayol onasining uyiga ketib qolgan. 2022 yilning 1 noyabr kuni erkak xotinini o‘ldirish uchun yonida oshxona pichog‘ini olib, tunda qaynonasining uyiga borgan.
Devordan oshib o‘tib, xotini bo‘lgan xonaga kirgan va u bilan yana janjallashgan. Shundan so‘ng erkak oshxona pichog‘i bilan xotiniga bir necha bor zarba bergan va voqea joyidan ketgan. Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan ayol vafot etgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudya sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 97-modda, 2– qismida belgilangan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi. Unga 10 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
14:07 / 12.09.2024
Rossiyada og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi
23:22 / 05.09.2024
Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan sud ishi boshlandi
15:43 / 03.08.2024