O‘zbekiston | 19:29 / 20.02.2023
24816
3 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiy blokdagi qo‘mita, inspeksiya va agentliklarga rahbarlar tayinlandi

Farmagentlik direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Ulug‘bek Egamov ushbu agentlik direktori lavozimini egalladi.

Ulug‘bek Egamov / Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident qarorlari bilan ro‘y bergan lavozim tayinlovlari e’lon qilindi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida:

  • Mirshod Qurbonov – IMV huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi raisi lavozimiga;
  • Farrux Po‘latov – IMV huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga;
  • Lutfullo Umrzoqov – IMV huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida:

  • Ulug‘bek Egamov – ISSV huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;
  • Ulug‘bek Murodov – ISSV huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi direktori lavozimiga;
  • Murod Mirzayev – ISSV huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori lavozimiga;
  • Dilshod Sattorov – ISSV huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida:

  • Bahrom Sharipov – QXV huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga;
  • Ibrohim Ergashev – QXV huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori lavozimiga;
  • Husniddin Karimov – QXV huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi direktori lavozimiga;
  • Abrol Vahobov – QXV huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, quyidagilar o‘z lavozimini tark etdi:

  • Shuhrat Mirzayev, Maqsud Ro‘zmetov va Alisher Turayev – qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosarlari lavozimlaridan;
  • Shuhrat Jabborov va Bahodir Isayev – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosarlari lavozimlaridan;
  • Abror Akbarov – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan;
  • Erkin Hayitov – Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
  • Miryashin Soatov – Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbarlariga o‘rinbosarlar tayinlangani ma’lum qilingandi

Mavzuga oid