O‘zbekiston | 15:26 / 23.02.2023
17642
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi masjid tahoratxonasida o‘g‘rilik sodir bo‘ldi

Jabrlanuvchi kurtkasi cho‘ntagidan olib ketilgan hamyonda pul bilan birga hujjatlari ham bo‘lganini aytmoqda. Holat kuzatuv kameralariga tushib qolgan. 

21 fevral kuni Toshkent shahridagi Minor jome masjidi tahoratxonasida o‘g‘rilik sodir etildi. Noma’lum shaxs tahorat olayotgan fuqarolardan birining kurtkasi cho‘ntagidan hamyonini olib ketgan. Ushbu holat esa kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.

Peshin namozini o‘qish uchun masjidga bordim. Tahoratxonada kurtkamni yechib qo‘yib, tahorat olayotgandim. Shu jarayonda cho‘ntagimdan hamyonimni o‘g‘irlab ketishibdi. Kuzatuv kameralarida bir fuqaro go‘yoki o‘zining kurtkasini olgan bo‘lib, o‘g‘rilik qilgani tushib qolgan.

Hamyonimda uncha ko‘p pul bo‘lmagan. Ammo hujjatlarim, jumladan, haydovchilik guvohnomam bor edi. Odamlar hatto masjidda ham ogoh bo‘lishlari kerakligini tushundim”, — deydi Kun.uz’ga murojaat qilgan fuqaro.

Jabrlanuvchi darhol holat yuzasidan IIBga murojaat qilgan.  

Mavzuga oid