Iordan daryosining G‘arbiy sohilida tartibsizliklar yuz berdi
Havarda isroillik ikki fuqaro halok bo‘lganidan keyin yahudiy ko‘chmanchilar va arablar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi.
Isroillik ko‘chmanchilar 26 fevral, yakshanba kuni kechqurun G‘arbiy sohildagi Nablus shahri janubida joylashgan Havar qishlog‘ida g‘alayon ko‘tardi, undan bir necha soat avval otishma oqibatida ikki Isroil fuqarosi halok bo‘lgandi.
Isroil televideniyesining xabar berishicha, namoyishchilar mahalliy Falastin aholisining 30 dan ortiq uyi, do‘konlari va mashinalariga o‘t qo‘ygan. Bir necha falastinlik oila xavfsizlik kuchlari tomonidan yonayotgan binolardan qutqarildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar vaqtida bir falastinlik halok bo‘lgan. Isroil armiyasi keyingi zo‘ravonlik harakatlarining oldini olish uchun joylardagi xodimlari sonini oshirayotganini ma’lum qildi.
Havarda yahudiy ko‘chmanchilar va arablar o‘rtasida boshlangan to‘qnashuvlar fonida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu fuqarolarni xotirjam bo‘lishga va «samosud»dan tiyilishga chaqirdi. «Qon va bosh qaynayotganda ham qonunni o‘z qo‘lingizga olmaslikni so‘rayman», dedi u videomurojaatida.
Oxirgi bir necha oy ichida Falastin hududlarida falastinliklar va Isroil armiyasi o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. 26 fevral kuni tushdan keyin G‘arbiy sohil shimolida ikki isroillik fuqaro halok bo‘ldi. 20 va 22 yoshli aka-uka Har Braxa aholi punktida yashagan bo‘lib, ular Havardagi nazorat-o‘tkazish punktida mashinada otib tashlangan va olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.
Mavzuga oid
08:08 / 14.11.2024
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
09:46 / 12.11.2024
ADL va IHT Isroilni G‘azodan chiqib ketishga chaqirdi
12:00 / 11.11.2024