O‘zbekiston | 09:41 / 06.03.2023
6358
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda ko‘p qavatli uyning tomi yonib ketdi

Yong‘inni o‘chirishga 12 ta yong‘in qutqaruv bo‘linmalari jalb etilgan.

Videodan kadr

2023 yil 5 mart kuni soat 17:33 da viloyat FVBga Andijon shahar 1-kichik daha A.Temur ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Shundan so‘ng hodisa joyiga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib soat 18:26 da yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida ko‘p qavatli uyning taxminan 250 metr kvadrat tom qismi yonib zararlangan. 300 metr kvadrat maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

Avvalroq, 2022 yil 20 noyabr kuni Andijon shahrining 3-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tomi yonib ketgandi.

Mavzuga oid