Neymar uchun mavsum yakunlandi
«PSJ» klubi jamoaning braziliyalik hujumchisi Neymar uzoq muddatga safdan chiqqanini ma’lum qildi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Neymarning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo‘lib chiqdi. U yaqin kunlarda Qatar poytaxti Dohada oyog‘idan jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi.
31 yoshli braziliyalik futbolchi 19 fevral kuni «Lill»ga qarshi o‘yinning (4:3) 51-daqiqasida jarohat olib, maydonni zambilda tark etgandi. Uning to‘piq paylari shikastlangani xabar qilingandi.
Parij klubi xabariga ko‘ra, Neymar jarrohlik amaliyotidan keyin 3-4 oy o‘tib, jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytishi kutilmoqda. Shu tariqa, u joriy mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, «PSJ» 8 mart kuni YeChL 1/8 final javob o‘yini doirasida safarda «Bavariya» mehmoni bo‘ladi. Dastlabki bahsda nemis klubi minimal hisobda zafar quchgan. Neymar joriy mavsum Fransiya chempionati va YeChLda jami 26 o‘yinda 15ta gol muallifiga aylangan.
Mavzuga oid
14:31 / 02.11.2024
«Arsenal»da yana jiddiy raqib, Husanov «PSJ»ga qarshi, «Chelsi» «Old Trafford»ga boradi - uikend anonsi
13:55 / 23.10.2024
«Real»da yana kambek, «PSJ» og‘ir vaziyatda. Kun o‘yinlari
23:12 / 30.09.2024
Abduqodir Husanov «PSJ» e’tiboriga tushdi – insayder
12:28 / 19.09.2024