IHTT 2023 yil uchun jahon iqtisodiyoti o‘sish prognozini oshirdi
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti 2023 yilda jahon iqtisodiyoti 2,6 foizga o‘sishini kutmoqda. Prognoz tovar narxining pasayishi va Xitoy iqtisodiyotining ochilishi tufayli yaxshilandi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) 2023 yilda jahon iqtisodiyoti 2,6 foizga o‘sishini kutmoqda. 17 mart, juma kuni Parijda IHTT hisobotida e’lon qilingan bu ko‘rsatkich 2022 yil noyabr oyidagi prognozidan (2,2 foiz) yuqori.
2024 yilda global iqtisodiy o‘sish bo‘yicha taxminlar ham yaxshilandi - 2022 yil noyabrdagi 2,7 foizlik prognozdan 2,9 foizgacha. Mutaxassislarning fikricha, iste’molchilar va korxonalarning kayfiyati asta-sekin yaxshilanmoqda, inflatsiya bosimi esa zaiflashmoqda. Shu tariqa, G20 davlatlarining aksariyatida narxlar o‘sish darajasi joriy yilda 8,1 foizdan 5,9 foizga, 2024 yilda esa 4,5 foizga kamayishi kerak, deya hisoblaydi tahlilchilar.
Bu yil jahon iqtisodiyotining rivojlanishi uchun boshqa ijobiy omillar orasida Xitoy iqtisodiyotining ochilishini va xomashyo narxlarining kutilayotgan pasayishi ham bor.
Biroq, IHTT hisob-kitoblariga ko‘ra, jahonning eng yirik markaziy banklari pul-kredit siyosatini qat’iylashtirishi hisobga olinsa, 2023 va 2024 yillarda global iqtisodiy o‘sish uzoq muddatli trend darajasidan past bo‘lib qoladi. Jahon iqtisodiyotining zaiflashishi xavfi sezilarli darajada saqlanib qolinishiga yana bir sabab - Ukrainadagi urushning rivoji bo‘yicha noaniqlik.
Tashkilot hisobotida aytilishicha, Germaniya iqtisodiyoti bozor prognozlari yaxshilanganiga qaramay, 2023 yilda boshqa yirik sanoat mamlakatlariga qaraganda sekinroq o‘sadi.
Yevrohudud iqtisodiyoti 2023 yilda 0,8 foizga, 2024 yilda esa 1,5 foizga o‘sadi, deyiladi hisobotda. Oldingi prognozlar biroz kamroq edi: mos ravishda 0,5 foizga va 1,4 foizga o‘sish. Yuqoriga qarab tuzatish energiya narxi ko‘tarilishining salbiy ta’siri yumshatilishiga bog‘liq.
Mavzuga oid
20:57 / 08.11.2024
Xitoy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun trillion dollar ajratdi
19:18 / 05.11.2024
O‘zbekistonning 2025 yil uchun davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar
22:40 / 19.10.2024
Million dollarlik litsenziya, YeOIIga rad javobi va 2x YaIM prognozi - hafta dayjesti
10:20 / 19.10.2024