Google ChatGPT raqobatchisini ishga tushirdi
Bard chatboti hozircha cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘ladi.
Google kompaniyasi Bard chatboti ishga tushirilganini e’lon qildi. U OpenAI va Microsoft kompaniyasining shov-shuvli ChatGPT botiga raqobatchi sifatida ko‘rilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, hozircha chatbot AQSh va Buyuk Britaniyaning cheklangan miqdordagi foydalanuvchilari uchun ochiq bo‘ladi. Keyinchalik kompaniya bosqichma-bosqich foydalanuvchilar doirasini va Bard ishlay oladigan tillarni kengaytiradi. Google kompaniyasi Bard qidiruv tizimining o‘rnini bosuvchi emas, balki unga qo‘shimcha ekanini ta’kidlamoqda.
Kuzatuvchilar uzoq vaqtdan beri Google chatboti chiqishini kutayotgan edi. The New York Times nashrining yozishicha, dekabr oyida Google rahbariyati ChatGPT chiqishi munosabati bilan «qizil kod» e’lon qildi. Kompaniya OpenAI va Microsoft ilg‘or chatboti taxminan 20 yil davomida bozorda hukmronlik qilayotgan Google qidiruv xizmati bilan jiddiy raqobatlasha olishidan qo‘rqdi. Fevral oyi boshida Google o‘zining Bard chatboti beta-versiyasi imkoniyatlarini namoyish qildi.
Biroq, sun’iy intellekt foydalanuvchining Jyeyms Uebb kosmik teleskopining kashfiyoti haqidagi savoliga javob berishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Oqibatda, Google aksiyalari qiymati 8 foizga tushib ketgan edi.
Mavzuga oid
03:00
ChatGPT ishida qisqa uzilish sodir bo‘ldi
23:48 / 06.11.2024
Android 16 operatsion tizimi har doimgidan ertaroq chiqariladi
21:01 / 04.11.2024
ChatGPT tufayli dunyoda energiyaga bo‘lgan talab oshgani ma’lum qilindi
22:10 / 03.11.2024