Zelenskiy YeIda «tinchlik formulasi» sammitini o‘tkazishni taklif qildi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «tinchlik formulasi» sammitini Yevropa poytaxtlaridan birida o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda u 23 mart kuni YeI davlatlari rahbarlariga videomurojaatida aytib o‘tdi.
Hozirgi sharoitda ko‘plab davlat va hukumat rahbarlari Ukrainaga kela olmasligini hamma yaxshi biladi, shuning uchun ham Yevropa Ittifoqi davlatlaridan birida sammit tashkil qilish mumkin, dedi u.
«Bu Yevropaga global kuch bermaydimi? Albatta, beradi», - dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti 2022 yil sentabrida o‘zining 10 bandlik «tinchlik formulasini» taqdim etdi. Unda, xususan, davlatlar chegaralarini buzganlik uchun jazo choralari, shu jumladan sanksiyalar, davlatlarning o‘z fuqarolari hayotini himoya qilish huquqi, xavfsizlikni (shu jumladan, oziq-ovqat va yadroviy), shuningdek, hududiy yaxlitligini tiklash masalalari ko‘rib chiqiladi.
2022 yil dekabrida Volodimir Zelenskiy o‘zi taklif qilgan formulani amalga oshirish uchun birinchi marta sammit o‘tkazishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday forum barcha xalqlarni «jahon tinchlik g‘oyasi atrofida» birlashtirishga xizmat qilishi kerak.
Mavzuga oid
11:40
NATO yangi bosh kotibi Ukrainaga tashrif buyurdi
09:40
NATO yangi bosh kotibi G‘arbning Ukrainaga yordamini kuchaytirishga va’da berdi
23:19 / 03.10.2024
NATO a’zolari Rossiyaga zarba berish taqiqini olib tashlashni muhokama qiladi
21:06 / 03.10.2024