Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda
2023 yil 26 martdan Vengriyaning Wizz Air loukoster aviakompaniyasi Abu Dabi — Samarqand — Abu Dabi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chastotasini oshiradi.
Parvozlar Airbus A320/A321 samolyotlarida haftasiga to‘rt marta — seshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Ilgari aviatashuvchi ushbu yo‘nalishda haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshirgan.
2023 yil 18 apreldan boshlab Wizz Air Toshkentga parvozlar chastotasini oshirish rejalashtirilmoqda: reyslar har kuni amalga oshiriladi. Ayni paytda aviakompaniya O‘zbekiston poytaxtiga haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari parvozlarni amalga oshirmoqda.
Wizz Air 2003 yilda tashkil etilgan Vengriyaning loukoster aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Budapeshtda joylashgan. 2022 yil iyul holatiga ko‘ra Wizz Air aviaparki o‘rtacha yoshi 5,3 yil bo‘lgan 141 ta Airbus samolyotidan iborat edi.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024