Jamiyat | 14:59 / 27.03.2023
9174
4 daqiqa o‘qiladi

O‘ZLIDEP: “Xususiy mulk daxlsizligi – erkinlik kafolati”

Shu kunlarda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan turli davra suhbatlari, uchrashuvlar, event tadbirlari tashkil qilinmoqda.

Tashviqot tadbirlarining navbatdagisi O‘zLiDeP Bektemir tuman kengashi tashabbusi bilan Qo‘yliq ulgurji bozori hududida, ochiq osmon ostida tashkil qilindi.

“Xususiy mulk daxlsizligi - erkinlik kafolati” shiori ostidagi ushbu tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman kengashi deputatlari, bozorning sotuvchi va tadbirkorlari, keng aholi aholi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘z olgan partiya vakillari bugun barcha sa’y-harakatlar inson qadrini yuksaltirishga qaratilgani, Bosh qomusimizga kiritiladigan jamiki o‘zgarishlarning negizida ham O‘zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganini alohida ta’kidlashdi.

Xalq fikrini o‘rganish asosida mamlakat konstitutsiyasini takomillashtirish yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi sifat darajasiga ko‘tarish, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish, O‘zbekistonning dunyodagi eng ilg‘or davlatlari qatoriga kirishiga ulkan imkoniyatlar yaratadi.

Bosh hujjatni takomillashtirish tashabbusi bilan chiqqan partiya fraksiyasi Konstitutsiyaviy komissiya va joylardagi deputatlar, elektorat bilan birgalikda faol ish olib bordi. Ayniqsa partiyaning asosiy elektorati bo‘lgan, tadbirkorlar, ishbilarmonlar, klaster va fermerlar loyihaning muhokamasiga befarq bo‘lmadi, ko‘plab takliflar berishdi, bu o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashdi. Siyosiy kuchning dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib berilgan takliflar qonun loyihasida aks etgani alohida e’tirofga loyiq.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ushbu o‘zgarishlarning aksariyati tadbirkorlar, fermerlar uzoq kutgan, mulkdorlar qatlami uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Masalan, loyihada davlatning bozor munosabatlarini rivojlantirish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishi bo‘yicha majburiyatlari belgilanyapti. Shuningdek, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi, tadbirkorlarning qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni mustaqil tanlashi va amalga oshirishga haqli ekanligi kafolatlanishi katta ahamiyatga molik. Mol-mulk, uy-joy daxlsizligi masalasini Bosh qomusimizda belgilash  – partiya a’zolari va elektorati uchun ayni muddao bo‘lyapti. Mol-mulk daxlsizligining yuksak darajada kafolatlanishi ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni ham rag‘batlantiradi. Shu bois, uni hech ikkilanmasdan xalq Konstitutsiyasi deyish mumkin.

Tadbirda partiya faollari, tadbirkor, ishbilarmon, faxriylar, yoshlar ham so‘zga chiqib, xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi. Tadbir konsert dasturiga ulandi, estrada xonandalarning kuy-qo‘shiqlari tadbir qatnashchilariga zavq ulashdi.

Ochiq osmon ostidagi targ‘ibot tadbirlari respublika bo‘ylab davom etadi.

 

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi
matbuot xizmati

Mavzuga oid