“Tashabbusli budjet”da g‘olib loyihalar e’lon qilindi
Eng ko‘p ovoz olgan 1666 ta loyiha mahalliy budjetlar hisobidan moliyalashtiriladigan bo‘ldi. Jami tashabbuslarga o‘tgan mavsumdan ikki barobar ko‘p – 16 millionta ovoz to‘plandi.
1,6 trln so‘m mablag‘ni qayerga sarflashini bevosita fuqarolar hal etishiga qaratilgan “Tashabbusli budjet” loyihasining 2023 yil 1-mavsumi yakunlandi.
18 mart soat 10:00 dan 7 aprel soat 10:00 ga qadar davom etgan jarayonda O‘zbekiston bo‘ylab “Openbudjet” portali orqali 33 680 ta tashabbus uchun 16 milliondan ortiq ovoz berildi.
Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 1666 ta loyiha g‘olib deb topildi. G‘olib loyihalar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda to‘plangan jami ovozlar soni 7,8 millionta bo‘lgandi.
“Mazkur jarayonda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan holda, “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsum jarayonlarida faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz”, – deyiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabarida.
Mavzuga oid
19:34 / 14.09.2024
“Tashabbusli budjet”da 177 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi
17:08 / 10.09.2024
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi
16:13 / 01.09.2024
“Tashabbusli budjet” g‘oliblari e’lon qilindi
21:59 / 27.08.2024