Ukraina va Rossiya o‘zaro harbiy asirlar almashdi
Ukraina va Rossiya o‘rtasida yangi harbiy asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi.
Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermakning so‘zlariga ko‘ra, 100 kishi Rossiya asirligidan Ukrainaga qaytgan.
«Bular harbiylar, dengizchilar, chegarachilar, milliy gvardiyachilar. Ular orasida Mariupol, «Azovstal», Hostomel himoyachilari ham bor. Ba’zi odamlar og‘ir jarohat olgan, kasalliklarga chalingan», - deb yozdi u Telegram-kanalida.
O‘z navbatida, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi 106 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi vataniga qaytganini ma’lum qildi.
Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ozod qilingan rossiyalik asirlar Rossiya Aerokosmik kuchlari harbiy-transport aviatsiyasi samolyotlari bilan idoraning tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiya qilish uchun Moskvaga yetkaziladi.
Mavzuga oid
13:31
Zelenskiy Radaga Ukrainaning «matona rejasi»ni taqdim etdi
12:57
AQSh prezidenti Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berilishini ma’qulladi
12:07
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
08:31