Yelena Zelenskaya TIME jurnalining eng nufuzli 100 kishi ro‘yxatiga kirdi
Ukraina birinchi xonimiga huquq himoyachisi Oleksandra Matviychuk hamrohlik qildi.
Ukrainaning birinchi xonimi Yelena Zelenskaya Amerikaning TIME jurnali tomonidan 2023 yilda sayyoramizning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatiga kiritildi. «Yetakchilar» nominatsiyasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning rafiqasi bilan birga Nobel mukofoti sovrindori, huquq himoyachisi Oleksandra Matviychuk ham bor.
TIME jurnalining ushbu nominatsiyasida AQSh prezidenti Jo Bayden, Germaniya kansleri Olaf Shols, Rossiyada hibsga olingan WSJ jurnalisti Evan Gershkovich, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida va boshqalar bor.
TIME jurnalining eng nufuzli 100 kishi reytingi «San’atkorlar», «Kumirlar», «Pionerlar», «Titanlar», «Innovatorlar» va «Yetakchilar» toifalaridan iborat.
2022 yilda Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlaganida prezident Volodimir Zelenskiy yilning eng nufuzli shaxsiga aylandi. Uning nomzodi uchun TIME jurnalining 3,3 milliondan ortiq o‘quvchisi ovoz berdi, bu umumiy o‘quvchilarning 5 foizini tashkil etadi.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
16:30 / 21.09.2024
Ukrainada 300 dan ortiq aholi punkti nomi o‘zgartiriladi
12:10 / 21.09.2024