Jahon | 13:29 / 14.04.2023
5650
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Rossiyaga qurol sotayotganini inkor etib chiqdi

Pekin Rossiyaga Ukrainadagi urush uchun qurol-yarog‘ yetkazib bermayotganini va kelajakda ham yetkazib bermasligini ma’lum qildi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Tsin Gan Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan deyarli ikki soatlik uchrashuvdan so‘ng aytib o‘tdi. 

Foto: Bloomberg

Tegishli savolga u Xitoyning bu boradagi siyosati o‘zgarishsiz qoladi, deb javob berdi. 

Tsin Ganning so‘zlariga ko‘ra, harbiy maqsadlarda ham qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ikki maqsadli deb ataladigan tovarlarni yetkazib berish masalasi qonun talablariga muvofiq ko‘rib chiqilmoqda.

Pekinga tashrifi chog‘ida Annalena Berbok Xitoy hukumatini Moskvaga qurol yetkazib bermaslikka chaqirdi. U, shuningdek, nima uchun Xitoy haligacha Rossiyani urushni to‘xtatishga chaqirmaganidan hayratda ekanligini bildirdi. 

Tsin Gan germaniyalik hamkasbining Xitoyni Ukrainadagi urushni tugatish uchun Rossiyaga o‘z ta’siridan foydalanishga chaqirig‘i haqida batafsil ma’lumot bermadi. Xitoy tinchlik bitimini istaydi va olovni kuchaytirmaydi, dedi u. 

Mavzuga oid