O‘zbekiston | 12:38 / 17.04.2023
4794
2 daqiqa o‘qiladi
Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashining vazifalari belgilandi
Prezident tomonidan “O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.
Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari:
- mudofaa va harbiy sohada jamoatchilik hamda xalqaro hamjamiyat tomonidan bildirilgan takliflarni tahlil qilish;
- Mudofaa vazirligini fuqarolar bilan bog‘lab turuvchi “ko‘prik” vazifasini bajarish;
- harbiy xizmatchilar ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish bo‘yicha tegishli dasturlarning bajarilishini kompleks tahlil qilishda ishtirok etish;
- harbiy xizmatdan rezerv (zaxira)ga bo‘shatilgan fuqarolarning ijtimoiy va professional moslashuvi hamda bandligi bilan bog‘liq, masalalarni hal etishda bevosita ishtirok etish;
- Mudofaa vazirligiga normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ko‘maklashish;
- yoshlarni vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirib borishda ishtirok etish.
Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradigan maslahat-kengash organi hisoblanadi.
Jamoatchilik kengashining qarori kengash majlisida ishtirok etayotgan a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamoatchilik kengashining har bir a’zosi majburiy ravishda qabul qilinayotgan qaror bo‘yicha o‘zining alohida fikrini yozma shaklda ifodalashga haqli. Jamoatchilik kengashining qarori tavsiyaviy xususiyatga ega.
Hujjat bilan:
- Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarida Jamoatchilik kengashining hududiy bo‘linmalarining namunaviy tarkibi;
- Jamoatchilik kengashi to‘g‘risida nizom tasdiqlanmoqda.
Mavzuga oid
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
09:24 / 02.11.2024
Qozog‘istonda o‘zini o‘zi mudofaa qilish va ko‘ngillilar tuzilmalari paydo bo‘ladi
15:30 / 29.10.2024
RF Mudofaa vazirligi aloqa boshqarmasi sobiq boshlig‘i pora uchun hibsga olindi
08:40 / 29.10.2024