O‘zbekiston | 18:16 / 19.04.2023
26380
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ko‘p yillar Qo‘rg‘ontepa tumaniga rahbarlik qilgan Avazbek Ergashev viloyat hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Avazbek Yoqubjonovich Ergashev Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Avazbek Ergashev 1966 yil Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1992 yilda Andijon paxtachilik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda Oltinko‘l tumani «Oq-tepa» shirkat xo‘jaligi a’zosi vazifasidan boshlagan.

1992-2022 yillarda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani «Oq-tepa» shirkat xo‘jaligi a’zosi, entomolog-agronomi, bosh agronomi, rais o‘rinbosari, Oltinko‘l tumani qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi urug‘chilik bo‘limi bosh mutaxassisi, Andijon viloyati «Paxta urug‘chilik» birlashmasi raisi, O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi «G‘o‘za urug‘chiligi» respublika markazi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan.

2006-2020 yillarda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi bo‘lgan, 2020-2022 yillarda Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan. 2022 yil fevralidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi.

Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2018 yildan buyon Rustam Ismatullayev ishlayotgandi.

Rustam Ismatullayev

Mavzuga oid