ISW: Rossiya qo‘shinlari Eron dronlarining yangi partiyasidan foydalandi
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga yaqinda berilgan zarbalarda Shahed-136/131 tipidagi Eron dronlarining yangi partiyasidan foydalangan. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) hisobotida aytildi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bir kun avval rossiyaliklar 25 kun ichida birinchi marta Kiyevga yana hujum qilib, 20 aprelda jami 26 ta, 21 aprelda esa 12 ta uchuvchisiz uchoqdan foydalangan.
Ukraina harbiylari mos ravishda 21 va 8 ta dronni urib tushirdi, deyiladi hisobotda.
Bundan oldin Janubiy mudofaa kuchlarining birlashgan muvofiqlashtiruvchi matbuot markazi rahbari Natalya Gumenyuk Eronning kamikadze uchuvchisiz uchoqlari yangi partiyasini qabul qilib olgan Rossiya yaqindagi sukunatdan keyin Ukrainaga havo hujumlarini kuchaytirganini aytgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi belgilarga ega «Shahed-136» dronlaridan foydalanish Mikolayiv va Odessa viloyatlarida qayd etilgan.
Gumenyukning ta’kidlashicha, rossiyaliklar kamikadze dronlardan tinch aholi o‘rtasida keskinlikni saqlash, shuningdek, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari va muhim infratuzilma obektlarini izlab topish uchun foydalanmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 20.09.2024
Malayziya O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi
10:50 / 14.09.2024
Reuters: Rossiya o‘z dronlari uchun Xitoy dvigatellaridan foydalanyapti
16:58 / 12.09.2024
Rossiyada 8-9-sinflar uchun dronlar bo‘yicha darslik chop etildi
16:32 / 10.09.2024