O‘zbekiston | 11:28 / 25.04.2023
8354
1 daqiqa o‘qiladi

Hukumat tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilyapti 

Foto: Kun.uz

Prezident “Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat davlat va jamiyat hayotida davlat tilining nufuzini oshirish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qo‘llanish doirasini kengaytirish, davlat tilining zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan o‘rni va rolini oshirish maqsadida qabul qilingani aytiladi.

Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilyapti.

Belgilanishicha, Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilishi munosabati bilan qo‘shimcha ajratilayotgan shtat birliklari O‘zbekiston prezidenti administratsiyasining 5 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobidan kiritiladi.

O‘zbekiston prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi "Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-269-son farmoniga o‘zgartirish kiritiladi.

Mavzuga oid