Chernogoriyaga borishda O‘zbekiston fuqarolaridan viza talab etilmaydi
Toshkent shahrida O‘zbekiston va Chernogoriya davlatlari turizm tadbirkorlarining ikki tomonlama ochiq muloqoti tashkil etildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan 2022 yilda mamlakatga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 5,2 million nafarga yetib, turistik xizmatlar eksporti 1,6 milliard AQSh dollaridan oshgan. Joriy yilda ham Yevropadan O‘zbekistonga kirib keluvchi sayyohlar soni keskin ortishi kutilmoqda.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilning iyun oyidan boshlab O‘zbekiston va Chernogoriya o‘rtasida doimiy to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Joriy yilda O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijlik sayyohlar soni 7 milliondan ortishi kutilmoqda. Bugungi kunga kelib, respublikada 5 mingga yaqin joylashtirish vositalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Sayyohlarni qabul qiluvchi o‘rinlar soni 100 mingdan ortgan.
2023 yilning iyun oyidan boshlab, Chernogoriyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar amalga oshiriladi. Endi Chernogoriyaga borishda O‘zbekiston fuqarolaridan viza talab etilmaydi.
Mavzuga oid
22:50 / 04.09.2024
AQSh xorijlik talabalarga viza berish jarayonini soddalashtirdi
13:09 / 31.08.2024
O‘zbekistonliklar Koreyaga mavsumiy viza bo‘yicha ham ishga yuboriladi
17:50 / 15.08.2024
Pokiston 126 davlat, jumladan O‘zbekiston uchun soddalashtirilgan viza rejimini joriy qildi
19:51 / 14.08.2024