Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Islomiddin Norimov viloyati hokimi o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Norimov Islomiddin Nomoz o‘g‘li 1991 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2015 yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutining bakalavr bosqichini, 2021 yilda Janubiy Koreyaning Seul universiteti magistratura bo‘limini tamomlagan.
U lavozimga tayinlangunga qadar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Axborot-tahlil bosh boshqarmasi axborot ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Oldinroq Navoiy viloyati hokimiga jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha ham o‘rinbosar tayinlangandi.
Mavzuga oid
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024
Navoiy davlat universiteti tashkil etildi
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
16:28 / 31.10.2024