O‘zbekiston va Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini birja orqali cotmoqchi
O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi (O‘zRTXB) raisining o‘rinbosari Nabi Samatov va Ukrainaning Astarta-Kiev qishloq xo‘jaligi xoldingi tijorat direktori Vyacheslav Chuk o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot chog‘ida O‘zRTXB faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi. Unda savdo ishtirokchilari uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.Ukraina tomoni birja bilan ishlash istiqbollari, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo operatsiyalari bo‘yicha yangiliklar bilan tanishdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Ukraina tomoni birja platformasida sinov operatsiyalarini o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
16:30 / 21.09.2024
Ukrainada 300 dan ortiq aholi punkti nomi o‘zgartiriladi
12:10 / 21.09.2024