ISW: Rossiya Baxmutga hujumdan voz kechgan bo‘lishi mumkin
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlarining kutilayotgan qarshi hujumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Baxmutga hujumdan voz kechgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW).
Navbatdagi tahliliy sharhda aytilishicha, shu tarzda «Vagner» XHK va uning asoschisi Yevgeniy Prigojin potensial qiyin vaziyatga tushib qolgan.
Avvalroq Prigojin bir qator videolarni e’lon qilgan edi, unda u hissiyotli tarzda Mudofaa vazirligidan XHKni snaryadlar bilan ta’minlashni talab qilib, aks holda 10 maydan boshlab guruh jangchilarini Baxmutdan olib chiqib ketish bilan tahdid qilgan.
ISW tahlilchilariga ko‘ra, Prigojinning g‘azabi Mudofaa vazirligi o‘z e’tiborini Baxmutdan boshqa jangovar hududlarga ko‘chirganini ko‘rsatadi, bu esa «vagnerchilarning» samarali faoliyat yuritish qobiliyatiga jiddiy putur yetkazishi mumkin.
Biroq, ta’kidlanganidek, XHK o‘q-dorilar yo‘qligiga qaramay, Baxmutni to‘liq qo‘lga olishga harakat qilishni to‘xtatmayapti.
Mavzuga oid
21:36 / 30.08.2024
Rossiyaga xorijliklarni biometrik ma’lumotlar asosida kiritish taklif etildi
20:36 / 30.08.2024
Mo‘g‘uliston Putinni hibsga olmaydi - Kreml
16:39 / 30.08.2024
Rossiyada operatorlardan YouTube'ni «tezlashtirishni» to‘xtatish talab qilindi
12:50 / 30.08.2024