AQSh maxfiy hujjatlari telegram-chatlarda sotilmoqda – OAV
Hujjatlar orasida FQB xodimlari ro‘yxati, AQSh harbiy samolyotlari uchun maxfiy yo‘riqnomalar, barcha shtatlardagi politsiya xodimlari ma’lumotlari va Xitoyga, Rossiya-Ukraina urushiga aloqador ma’lumotlar bor.
Hakerlar AQSh razvedka agentliklarining maxfiy hujjatlarini, shu jumladan AQSh Harbiy-havo kuchlari askari Jyek Teysheyra tomonidan sizdirilgan hujjatlarni ham telegram-chatlarda sotmoqda. Bu haqda Financial Times yozdi.
Hujjatlar orasida FQB xodimlari ro‘yxati, AQSh harbiy samolyotlari uchun maxfiy yo‘riqnomalar, barcha shtatlardagi politsiya xodimlari ma’lumotlari va Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi qo‘llanmalari bor. Bundan tashqari, oshkor qilingan hujjatlar Xitoyga va Rossiya-Ukraina urushiga ham taalluqli. Barcha yuklangan fayllarni parollar yoki maxsus dasturlarsiz ochish mumkin. FT bu ma’lumotlarni 2 haftadan ortiq vaqt davomida bir necha telegram-chatlarini kuzatib aniqlagan.
Gazetaning hisob-kitoblariga ko‘ra, maxfiy hujjatlarning minglab sahifalari chatlarda sotilmoqda. Ularning ba’zilari AQSh Harbiy-havo kuchlari vakili Teysheyra tomonidan «sizdirilgan» hujjatlar, ammo yangilari ham bor. Masalan, maxfiy korporativ ma’lumotlar, shuningdek, AQSh huquqni muhofaza qilish idoralari va texnologik korporatsiyalar o‘rtasidagi maxfiy yozishmalar.
Gazetaning qayd etishicha, maxfiy ma’lumotlar oshkor qilinadigan chatlar ba’zida bir nechta ishtirokchidan iborat. Savdo «past malakali hakerlar va fitna nazariyotchilari» o‘rtasida amalga oshirilmoqda. «Eng yaxshi mahsulotlar» kredit karta ma’lumotlari kabi sizdirilgan tijorat ma’lumotlariga almashtirilmoqda.
Avvalroq, Qo‘shma Shtatlarning 100 dan ortiq maxfiy hujjatlari ijtimoiy tarmoqlarda sizdirilgan edi. Hujjatlarda Ukrainadagi harbiylarning joylashuvi, Ukraina havo hujumiga qarshi mudofaa va harbiy texnikasi, shuningdek, Kiyevga AQSh va boshqa davlatlar tomonidan ta’minot haqida ma’lumotlar bor. Keyinchalik bu fakt bo‘yicha AQSh Harbiy-havo kuchlari askari Jyek Teysheyra qo‘lga olindi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, maxfiy ma’lumotlar 2022 yil fevralidan 2023 yil martigacha sizdirilgan.
Mavzuga oid
10:46
Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun maxsus vakil tayinlaydi
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
23:20 / 13.11.2024