Kiyev: Rossiya qarshi hujumni qayerdan kutishni aniq bilmayapti
Xerson yo‘nalishida vaziyat keskin, Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlari jangchilari daryodan o‘tib ketishining oldini olish uchun Dniproning chap qirg‘og‘ini minalashtirmoqda.
Biroq, rossiyaliklar "zarbaning maksimal kuchini qaysi yo‘nalishdan kutishni bilmayaptilar va shuning uchun ular o‘z sa’y-harakatlarini Zaporijjya hamda Xerson yo‘nalishlarida yoyishmoqda", - deb ma’lum qildi Ukrainaning "Janub" operativ qo‘mondonligi matbuot kotibi Natalya Gumenyuk umummilliy telemarafon efirida.
Ukraina armiyasining bir qismi, NATO mamlakatlarida o‘qitilgan yangi bo‘linmalari hujumga “tayyor”, deya ma’lum qildi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.
Biroq, armiyaga hali ham “bir narsa”, jumladan, “partiyalar bilan kelayotgan” zirhli mashinalar talab etiladi.
"Bizda mavjud bo‘lgan narsalar bilan oldinga siljishimiz mumkin, mening fikrimcha, muvaffaqiyatga erishamiz, - dedi u Britaniya nashrlariga bergan intervyusida. - Ammo biz ko‘p odamlarni yo‘qotamiz. Menimcha, bu qabul qilib bo‘lmaydigan narsa. Shuning uchun biz kutishimiz kerak. Bizga hali yana biroz vaqt talab etiladi".
Mavzuga oid
12:30 / 30.09.2024
Kiyev Bernni XXR «tinchlik tashabbusini» qo‘llab-quvvatlagani uchun tanqid qildi
10:30 / 30.09.2024
GFR kanslerligiga nomzod: Kiyev uchun g‘alaba - hududlar nazorati
09:30 / 26.09.2024
OAV: Kiyev «Shimoliy oqim»dagi portlashni urushdan oldin ham muhokama qilgan
09:10 / 24.09.2024